Keep alive ulanishlar
Standart holatda NestJS'ning HTTP adapterlari ilovani yopishdan oldin javob to'liq yakunlanishini kutadi. Biroq ayrim holatlarda bu xatti-harakat kerak bo'lmasligi yoki kutilmagan
Standart holatda NestJS'ning HTTP adapterlari ilovani yopishdan oldin javob to'liq yakunlanishini kutadi. Biroq ayrim holatlarda bu xatti-harakat kerak bo'lmasligi yoki kutilmagan bo'lishi mumkin. Ba'zi so'rovlar Connection: Keep-Alive header'laridan foydalanib, uzoq vaqt yashashi mumkin.
Agar siz ilovangiz so'rovlar tugashini kutmasdan chiqishini istasangiz, NestJS ilovasini yaratishda forceCloseConnections opsiyasini yoqishingiz mumkin.
Ko'pchilik foydalanuvchilarga bu opsiyani yoqish shart bo'lmaydi. Bu opsiya kerak bo'layotganining asosiy belgisi - ilova siz kutgan paytda yopilmaydi. Odatda bu app.enableShutdownHooks() yoqilganida va ilova restart bo'lmayotganini yoki chiqmayotganini sezganingizda kuzatiladi. Ayniqsa development vaqtida --watch bilan ishlaganda.
Foydalanish
main.ts faylida NestJS ilovasini yaratishda quyidagi opsiyani yoqing:
1import { NestFactory } from '@nestjs/core';
2import { AppModule } from './app.module';
3
4async function bootstrap() {
5 const app = await NestFactory.create(AppModule, {
6 forceCloseConnections: true,
7 });
8 await app.listen(process.env.PORT ?? 3000);
9}
10
11bootstrap();